15 iyul kuni Isroil armiyasi Suriya janubidagi As-Suvayda viloyatida hukumat qo‘shinlariga zarbalar yo‘lladi. Isroil ozchilikni tashkil etuvchi druzlarni himoya qilish maqsadida ekanini aytmoqda.
Nashrning xabar berishicha, so‘nggi kunlarda Suriyaning asosan druzlar istiqomat qiladigan hududida badaviy qabilalar hamda mahalliy jangarilar o‘rtasida boshlangan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, badaviy qabilalarga mansub janchilar va druzlar qo‘shinlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ilgari As-Suvayda shahridan sharqdagi asosan badaviylar yashovchi Makvas hududida bo‘lib o‘tgan, bu hududni druzlarning qurolli guruhlari qurshab olgan va keyin o‘z nazoratiga olgan. Uylar minomyotlardan o‘qqa tutilgan, o‘nlab odamlar yaralangan. As-Suvayda ko‘chalari huvillab qolgan, viloyatning g‘arbiy qismidagi to‘qnashuvlar va qishloqlarning o‘qqa tutilishi oqibatida shifoxonalar o‘nlab yaradorlar bilan to‘lgan.
Suriyada inson huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish markazi (SOHR) esa kamida 99 kishi halok bo‘lgani, shundan ikki nafari bola, ikki nafari ayol hamda 14 nafari xavfsizlik kuchlari xodimlari ekanini ma’lum qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71620 | Инструменты