Birlashgan Arab Amirliklari BMT Xavfsizlik kengashi aʼzolari oʻrtasida Gʻazo sektorida qoʻshimcha gumanitar yoʻlaklarni ochishga qaratilgan rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Bu haqda BAAning BMTdagi doimiy vakili Lana Zaki Nusseyba ma'lum qildi.
Birlashgan Arab Amirliklari vakillari anklav aholisiga har kuni yetkazib beriladigan insonparvarlik yordami solingan 200 ta mashina yetarli emasligini, shuningdek, ushbu yordam yetkaziladigan nazorat punktlari soni ham kamligini ta'kidladi.
Lana Zaki Nusseybaning soʻzlariga koʻra, BAA rezolyutsiya loyihasini BMT Xavfsizlik kengashi aʼzolari oʻrtasida tarqatgan, hozirda unga sharhlar va javoblar yigʻilmoqda.
"Menimcha, bu kengash butun Falastinda, shuningdek, Isroildagi dahshatli gumanitar va siyosiy inqirozga javob berish uchun qilishi kerak bo'lgan ishlarning bir qismidir", dedi matbuot kotibi.
Eslatib o'tamiz, 16-noyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Falastin-Isroil harbiy mojarosi hududidagi bolalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Yaqin Sharqdagi gumanitar rezolyutsiya loyihasini qabul qilgan edi.
Hujjat Malta tomonidan ishlab chiqilgan. Qaror yetti banddan iborat bo‘lib, binolar vayronalari ostida bedarak yo‘qolgan bolalarni qidirish bo‘yicha qutqaruv ishlarini tashkil etish, kasal va yarador bolalarni vasiylari bilan birga evakuatsiya qilish va boshqa choralarni o'z ichiga olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20903 | Инструменты