Huawei 2
AQShda ilk Zombi virusiga chalinish holati qayd etilgan

Amerika Qo'shma Shtatlarida ikki kishi Zombi virusi bilan kasallanib, vafot etgan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilinmoqda. Neurology jurnalida qayd etilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, Texas olimlar guruhi shunday xulosaga kelgan. 

Kasallanish holatlari 2022-yilda kuzatilgan. Bemorlardan biri 72 yoshda bo‘lgan. Unda chalkashlik, agressiya va tutqanoq kabi alomatlar kuzatilgan va bir oydan keyin vafot etgan. O‘limidan so‘ng erkakga Kreytsfeld-Yakob kasalligi tashxisi qo‘yilgan. 

Qayd etilishicha, marhumning do‘sti ham xuddi shu kasallikdan vafot etgan. Kreytsfeld-Yakob kasalligi markaziy asab tizimiga tarqaladi. Tadqiqotchilar marhumlarga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. 

Ma'lum qilinishicha, kasallikdan vafot etgan erkaklar ovchi bo‘lgan va ular Zombi virusi bilan kasallangan kiyik go‘shtini iste’mol qilgan bo‘lishi mumkin. Zombi virusi dastlab kiyiklarda aniqlangan, odamlarga yuqish holatlari qayd etilmagan. Infeksiyani yuqtirgan kiyiklarning miya faoliyatida buzilish qayd etiladi. Xususan, hayvonlar odamlardan qo‘rqishni to‘xtatib, tashqi ogohlantirishlarga reaksiya bildirmaydi. Kiyiklar so‘lak chiqaradi va keyin nobud bo‘ladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga