Huawei 2
O‘zbekiston OTMlarida stipendiyalar oshiriladimi?

O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida stipendiyalarni oshirish masalasida hozircha aniq xulosaga kelinmagan. Bu haqda bugun, 8-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shohrux Daliyev maʼlum qildi.

“Talabalar stipendiyalari miqdorini oshirish masalasini o‘ylab ko‘rishimiz kerak. To‘lov-kontrakt miqdori ham pandemiya davridan beri oshirilmadi. Bir talabaga davlat tomonidan sarflanayotgan pul, u to‘layotgan kontrakt miqdoridan ancha ko‘p. Oliygoh o‘zini “boqishi” masalalari ham sal qiyinroq. Stipendiya oshishi yoki oshirilmasligi masalasida to‘liq javobni bizning moliyaviy soha vakillari hamda Moliya vazirligi bilan birga ishlab, keyin javob beramiz”, — dedi vazirlik masʼuli.

O‘zbekistonda pandemiyadan keyin stipendiyalar miqdori muzlatilgan. Shohrux Daliyevning maʼlum qilishicha, OTMlaridagi to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha qiymati oliygohlar xarajatlariga nomutanosibligicha qolmoqda.

“Bir talabani o‘qitish davlatga yiliga o‘rtacha 12–15 million so‘mga tushadi. Kontrakt to‘lovlari miqdori esa o‘rtacha 7 million so‘mdan to‘g‘ri keladi”, — dedi vazir o‘rinbosari.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga