Huawei 2
AQSH kiberhujumlar tufayli Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

To‘rt nafar jismoniy shaxs va ikki kompaniya Eron harbiylari nomidan zararli kiberfaoliyat bilan shug‘ullangani uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi.

"Kiberhujumlar Amerikaning o‘ndan ortiq kompaniyalari va rasmiylariga qarshi qaratilgan bo‘lib, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) kiberqo‘mondonligi buyrug‘i bilan amalga oshirilgan", — deya taʼkidlaydi AQSH Moliya vazirligi.

To‘rt eronlikka qarshi sanksiyalardan tashqari, AQSH Adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosi (FQB) ularni Amerika tashkilotlariga qarshi qaratilgan zararli kiberfaoliyatlarda rasman ayblagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga