Huawei 1
AQSH Harbiy-havo kuchlari “qiyomat samolyoti”ni yaratish bo‘yicha shartnoma imzoladi

AQSh Harbiy-havo kuchlari yadro urushidan omon qola oladigan yangi “qiyomat samolyoti”ni yaratish bo`yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Gap odatda AQSh Mudofaa vaziri tomonidan parvozlar uchun foydalaniladigan E-4B samolyotining yangilangan va zamonaviy shakli haqida bormoqda. 

Samolyot yadro portlashlari va elektromagnit ta`sirlarga qarshi turishga qodir bo`ladi. Ushbu samolyot favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda AQSh rahbarlari uchun mobil qo`mondonlik punkti vazifasini bajaradi.

Samolyot 2036-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga