Huawei 2
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken amaliy tashrif bilan Pekinga keldi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Pekinga keldi. Bu haqda CGTN telekanali xabar berdi.

AQSh vakilining Xitoyga amaliy tashrifi 24-aprel kuni Shanxayga tashrifi chog‘ida boshlangan. Qayd etilishicha, Blinken 26-aprelgacha Xitoyda qoladi.

25-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov Antoni Blinkenning Xitoyga tashrifi Rossiya-Xitoy aloqalarini buzishga qaratilganini aytdi.

Bir kun avval AQShning Hind-Tinch okeani qoʻmondonligi rahbari Jon Akvilino Xitoyning Osiyodagi ritorika va harakatlarida tobora tajovuzkor boʻlib borayotganini aytdi.

Xitoy Davlat kengashining Tayvan ishlari boʻyicha boshqarmasi matbuot kotibi Chju Fenglyanning aytishicha, Vashington Tayvandagi separatist kuchlarni qoʻllab-quvvatlamasligini namoyish qilishi va orolga qurol-yarogʻ yetkazib berishni toʻxtatishi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga