Huawei 2
AQSh 40 yil ichida birinchi marta yadro kallaklarini ishlab chiqarishni qayta tikladi

Amerika Qo'shma Shtatlari 40 yil ichida birinchi marta qit’alararo ballistik raketalar uchun yangi W93 yadro kallagi ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda Bayden administratsiyasidagi yuqori martabali rasmiyga tayanib, MSN xabar berdi.

W93 ishlab chiqarilishi 2030-yillarning o‘rtalarida boshlanishi kutilmoqda. AQSh jangovar kallaklarini ishlab chiqish 2022-yil may oyidan beri Energetika vazirligining Los-Alamos milliy laboratoriyasida olib borilmoqda. U yadroviy sinovlarni o‘z ichiga olmaydi, chunki W93 mavjud texnologiyalarga asoslangan.

Energetika vaziri Jennifer Grenholm va Milliy yadroviy xavfsizlik agentligi (NNSA) rahbari Jill Hrubiga ko‘ra, AQSh yadro sinovlari moratoriysiga amal qiladi. NNSA 2023-yil plutoniy ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yishini va o‘nlab yangi yadro kallaklarini ishlab chiqarishini e’lon qilgan.

Tegishli bayonot Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yadroviy tahdidlari va Rossiyaning o‘sha paytdagi yagona strategik qurollar bo‘yicha shartnomadan amalda chiqib ketishi fonida aytilgan.

NNSA strategik, taktik jangovar kallaklar va bombalar uchun har yili 80 dona plutoniy yadrosini ishlab chiqarishni, Yevropadagi B61-12 yadro bombalarining xizmat qilish muddatini uzaytirish va suvosti kemalariga o‘rnatilgan Trident II qit’alararo ballistik raketalarining jangovar kallaklarini modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

“Amerika yadroviy kallaklarining muhim elementi hisoblangan plutoniy yadrosi 1980-yillarda muhandislar tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyaga tayanadi”, — deyiladi xabarda.

AQSH yadro kallaklarining aniq soni maxfiy hisoblanadi, ammo hisob-kitoblar tayangan holda ular, taxminan 3700 tani tashkil qilishi aytilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga