Afg‘onistonda sovuqdan mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi

Afg‘onistonning Faryob viloyatida kuchli qor yog‘ishi va sovuq oqibatida mingdan ortiq qo‘y va qoramol nobud bo‘ldi. Bu haqda Avapress xabar berdi.

Yo‘qotishlar asosan viloyatning Qaysar, Qarmqul, Pashtun Kot va Xoja Sabzposh tumanlarida sodir bo‘lgan. Faryob rasmiylari holat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan. 

Unda qor yog‘ishidan jabr ko‘rganlarga yordam berish muhokama qilingan. 

Ayni paytda Afg‘onistonning Bodg‘is viloyatida ham kuchli qor yog‘ishi va sovuq tufayli yuzlab qoramol nobud bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты