Toshkent metrosiga 14 ta yangi zamonaviy poyezd qo‘shildi - Transport vazirligi

Transport vazirligi maʼlumotiga koʻra, 2026-yil davomida jami 14 ta zamonaviy harakat tarkiblarini xarid qilish rejalashtirilgan va yangi o‘quv yiligacha ularning barchasi metropoliten vagon parkiga olib kelindi. Buning natijasida Toshkent metropoliteni vagon parki qariyb 70 % ga yangilandi.

Yangi avlod zamonaviy harakat tarkiblari metropolitenning 4 ta yo‘nalishida harakatlanmoqda. Natijada yo‘nalishlarda poyezdlar harakatlanish oralig‘i, ayniqsa, kunning tig‘iz vaqtlarida sezilarli darajada qisqartirildi.

Bugungi kunda kunning tig‘iz vaqtlarida:

  • Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar 1,5–2 daqiqalik;
  • O‘zbekiston yo‘nalishida 3 daqiqalik;
  • Yunusobod yo‘nalishida 4 daqiqalik;
  • Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida esa 7–8 daqiqalik interval bilan harakatlanmoqda.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92716 | Инструменты