Huawei 1
YouTube’da endi sun’iy intellektda yaratilgan videoni shunchaki joylash mumkin emas

YouTube kontent yaratuvchilari uchun yangi funksiyani ishga tushirishini e'lon qildi, endi sun’iy intellektdan foydalanib yaratilgan videolarga mualliflar belgi qo‘yishlari shart.

Opsiya videoni joylash jarayonida ishga tushadi, mualliflarga real tuyuladigan video tarkibida «o‘zgartirilgan yoki sintetik kontent» mavjudligini ko‘rsatish majburiyati yuklanadi.

Bunga real odamga aslida u qilmagan narsani qildirish va shu haqda gapirtirish, real voqealar va joylar kadrlarini o‘zgartirish yoki aslida sodir bo‘lmagan «realga o‘xshash sahna»ni ko‘rsatish kabilar kiradi.

Shu bilan birga, chiroyli filtrlar, maxsus effektlar, fonni xiralashtirish va animatsiya kabi «reallikdan yiroq» kontentlarga belgi qo‘yish talab etilmaydi.

O‘tgan yil noyabrida YouTube sun’iy intellektdan foydalanib yaratilgan kontent bo‘yicha o‘z siyosatini ishlab chiqqandi. Xususan, musiqiy leybllar va artistlarni himoyalovchi — qattiq qoidalar hamda qolgan barcha uchun — nisbatan erkinroq yo‘riqlar belgilab olingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120415 | Инструменты