Yaponiya 2030-yil bo'lib o'tadigan qishki Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga mezbonlik qilmoqchi

Xabaringiz bor, joriy yil Yaponiyaning Tokio shahrida navbatdagi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi. Yaponiya hukumati yana bir Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilish niyatida.

Gap shundaki, kunchiqar yurtning Sapporo shahri 2030 yil bo'lib o'tadigan qishki Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini qabul qilish istagini bildirdi. Shahar tashabbusini bu borada Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi ham qo'llab-quvvatladi. O'z navbatida, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax Sapporo shahrining Olimpiya o'yinlarini o'tkazish borasidagi katta imkoniyati haqida ijobiy fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Sapporo 1972 yili ham qishki Olimpiya o'yinlarini o'zida qabul qilgan. Shahar 2026 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun ham kurashgan edi. Hozirgacha Solt-Leyk-Siti va Barselona shaharlari ham 2030 yilgi qishki Olimpiada mezbonligi borasida qiziqish bildirgan.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22303 | Инструменты