Joriy yilning 10 fevral kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qildi. Uning maʼlum qilishicha, bir erkak o‘zining tanishi bo‘lgan ayolning nomaʼlum erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lgan videotasvirlarini telefoniga saqlab kelayotganini aytib, ushbu videolarni ijtimoiy tarmoqlar orqali yaqin qarindoshlari va tanishlariga tarqatish, obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitayotgan. Shu orqali u videotasvirlarni o‘chirish va tarqatmaslik evaziga tovlamachilik yo‘li bilan 6000 AQSH dollari talab qilgan. Avvaldan esa 3000 AQSH dollarini berishni so‘ragan.
Mazkur murojaat asosida Surxondaryo viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati, Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi, shuningdek, Denov tumani IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida ariza muallifiga xolislar ishtirokida talab qilingan 3000 AQSH dollari o‘rniga 1000 AQSH dollari va 18 million so‘m miqdoridagi pul vositalariga kimyoviy ishlov berildi. Fuqaro ko‘rsatmasiga asosan ushbu mablag‘lar belgilangan manzilga oziq-ovqat makonlaridan birida qoldirildi.
Pul mablag‘larini olish uchun kelgan shaxs tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 11 fevral kuni Denov tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan ushbu shaxsga nisbatan JKning 165-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22121 | Инструменты