Huawei 2
Qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi

12-21-aprel kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor boʻldi.

Qayd etish joiz, bu yangi davrni boshlagan oʻzbek qilichbozlarining jahon chempionatlarida qayd etgan eng yaxshi natijasi boʻldi. Endi asosi yoshlar jamoasidan iborat sportchilarimiz 27-28-aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida oʻtadigan Parij-2024 litsenzion turnirida ishtirok etishadi. Jahon chempionati qahramonlarini eslab oʻtamiz:

Oltin medal:

Sardor Abdukarimbekov (sablya, oʻsmilar)

Kumush medal:

Alpamis Urakbayev (sablya, oʻsmirlar)

Bronza medal:

Fernanda Errera (sablya, yoshlar)
Nargiza Jaksibayeva (sablya, oʻsmirlar). 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga