Huawei 1
22-23-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasi joriy yilning 22-23 avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish qabul qildi.

Hasharni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. 

Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 

mahallalar, aholi punktlari, ko‘p kvartirali turar joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘cha va yo‘laklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va butash ishlarini tashkil etish; 

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish; 

obodonlashtirish tadbiri ishtirokchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan taʼminlash; 

joylarda obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida to‘plangan chiqindilarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi tashkilot tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini taʼminlash;

avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlari, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘ligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar va boshqa ishlarni amalga oshirish taqiqlanganini qatʼiy nazoratga olish. 

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga bahdam berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 10 maydagi 349-son qaroriga muvofiq xayriya hasharini o‘tkazishda aholini boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-taʼmirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qatʼiy yo‘l qo‘yilmaydi. 

Hashar tegishli tashkilotlar hududida obodonlashtirish ishlari mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81816 | Инструменты