Huawei 1
O'zbekiston terma jamoasi baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida 1- o'rinni egalladi

Tailandning Pattaya shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha 18 va 23 yoshli sportchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazildi.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqada yurtimiz sharafini 28 ta sportchimiz munosib himoya qildi.

Chempionat yakunida O'zbekiston terma jamoasi 17 ta oltin, 11 ta kumush va 6 ta bronza, jami 34 ta medal bilan har ikki yo'nalishda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70205 | Инструменты