Xitoyning Jiangshan shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati yakuniga ketib bormoqda.
Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, ayollar o'rtasida -87 kg vazn toifasida bahslar o'tkazildi.
E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.
Afsuski, Tursunoy siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi va u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60115 | Инструменты