Huawei 1
O‘zbekistonda paraatletika bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi mumkin

29 may kuni Butunjahon para yengil atletika federatsiyasi (World Para Athletics) prezidenti Pol Fisjerald Toshkent shahriga tashrif buyurib, paraatletika bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish imkoniyatlari bilan tanishdi. 

Qayd etilishicha, Pol Fisjerald O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi stadioniga tashrif buyurgan. Tashrif davomida u obyektning infratuzilmasi, jumladan, yugurish yo‘llari, sakrash va uloqtirish sektorlari, shuningdek, ichki binolar va majmuaning texnik jihozlanishi bilan yaqindan tanishgan.

Shuningdek, “Los-Anjeles-2028” Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beruvchi para yengil atletika bo‘yicha 2027 yilgi jahon chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilinib, Fisjerald “Olimpiya shaharchasi”da para atletlar uchun yaratiladigan sharoitlar, dunyo birinchiligi paytida para sportchilarni o‘zida qabul qiluvchi mehmonxona hamda restoranlar faoliyatini ham ko‘zdan kechirgan. Majmuadagi “Paralimpiya markazi” loyihasi bilan ham tanishgan. 

Tanishuv so‘nggida Pol Fisjerald O‘zbekiston ushbu xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkaza olishiga ishonch bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60100 | Инструменты