Huawei 1
Nursulton Ro‘ziboyev UFC bilan shartnoma imzoladi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev (35-8-2) UFC promousheni bilan shartnoma imzoladi. Uning UFC bilan shartnoma imzolagani haqidagi ma’lumot promoushen jangchilari haqida yangilik taqdim etadigan Twitter sahifasida e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, Ro‘ziboyev eng nufuzli MMA promousheni bilan 4 ta jangga bitim imzolagan.

Sportchi UFC promoushenida jang qiladigan beshinchi o‘zbekistonlik bo‘ladi. Bungacha ligada O‘zbekiston nomidan Mahmud Murodov, Zarrux Adashev, Liliya Shokirova va Saidyoqub Qahramonov jang qilishga ulgurgandi. Hozirda faqat Murodov ushbu ligadagi yurishini davom ettirmoqda. U shuningdek, MMA’dagi faoliyati davomida 45 ta jang o‘tkazgan. Ularning 35 tasida g‘alaba qozongan. Gʻalabalarining 33 tasi muddatidan avval qo‘lga kiritilgan: 21 sabmishen, 12 nokaut. Yana uning hisobida 8 mag‘lubiyat va 2 durang ham bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81816 | Инструменты