2025-yil 10-iyun kuni Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” dam olish maskanida “Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri doirasida navbatdagi yirik sport va turizm tadbiri – “Farhod Challenge Strongmen Festival”i bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi O‘zbekiston tabiatining betakror go‘zalligi, xususan, tog‘li hududlar va suv bo‘yidagi maskanlarni keng targ‘ib qilish, sport orqali turizm salohiyatini oshirish hamda buyuk bobolarimiz, milliy bahodirlik an’analarini xalqaro maydonga olib chiqishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqada dunyoning 20 mamlakatidan eng kuchli, strongmen o’yinlari bilan professional shug’ullanadigan 22 nafar bahodir ishtirok etdi. Ular Avstraliya, Eron, Misr, Xitoy, Pokiston, Gretsiya, Turkiya, Malayziya, Hindiston, Litva, Gruziya, Ozarbayjon, Chexiya, Ispaniya, Tojikiston, Qirg‘iziston davlatlari bayrog’i ostida musobaqalarga qatnashdi. O‘zbekiston sha’nini ikki strongmen himoya qildi. Foto: Uzreport.news
Dastlabki bellashuv Bo’stonliq tumanida “Farhod Challenge” bo’lib, unda pahlavonlar 2 kishidan iborat jamoalarga bo‘linib, 5 ta musobaqada kurashdilar.Foto: Uzreport.news
Estafeta
100 kg li gantelni bir qo’lda ko’tarish,
150 kg li g’ildirakli shtangani siltab ko’tarish,
130 kg li qum solingan qopni yenlka ustiga ko‘tarish,
Arqon bilan mashina tortish musobaqasi – 20 metrga,
To‘siqdan tosh dumalatish (Stone-off) - 180 kg li toshni ko’p marta ko’tarish.
Oqtosh toshi - aylana bo’ylab yukni quchoqlagan holda masofaga ko’tarib yurish - 162 kg.
Hovuzda kurash - “Pole Push” – ustunni ushlab raqibni belgidan chiqazish.Foto: Uzreport.news
Foto: Uzreport.news
Musobaqaning har bir turi xalqaro mezonlar asosida baholandi. Hakamlar hay’ati tarkibidan Islandiyalik Strongmen o‘yinlari afsonasi Magnus Ver Magnusson, Yangi Zelandiyalik Jeremy Hogg hamda o‘zbekistonlik tajribali hakam Xamza Primov o‘rin oldilar. Musobaqani Ukrainalik Sergii Putsov nazorat qilib bordi.
Ma'lumot uchun, 11-iyun kuni ishtirokchilar qadimiy Xiva shahriga yo‘l olishadi. U yerdagi Prezidentimiz tomonidan yaqinda rasmiylashtirilgan Arva Xiva majmuasida Beshinchi xalqaro “Pahlavon Mahmud Strongmen Games” musobaqalari bo’lib o’tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61506 | Инструменты