Huawei 1
Bokschi Saidjamshid Jafarovning Olimpiada chempioniga qarshi jangi bekor bo‘ldi

O‘zbekistonlik professional bokschi, havaskorlar o‘rtasida jahon vitse-chempioni Saidjamshid Jafarov va qozog‘istonlik Olimpiada g‘olibi Doniyar Yeleusinovning jangi o‘tkazilmaydi. Bu haqda “Sports.kz” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, qozog‘istonlik bokschi jarohat olganligi bois bo‘lajak jangda ishtirok etolmaydi.

Hozirda Jafarovning 27 aprel kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkaziladigan boks oqshomida qatnashishi so‘roq ostida. 

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Jafarov Rossiyaning “Premier Boxing Academy” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikka ega. 33 yoshli Doniyar Yeleusinov esa profringda 11 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan va 6 ta to‘qnashuvda raqiblarini nokautga uchratongan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga