Huawei 1
Boks bo’yicha O’zbekiston chempionati g’oliblari aniqlandi

Boks bo’yicha kattalar o’rtasidagi mamlakat chempionati nihoyasiga yetdi. Erkaklar o’rtasida kechgan bir-biridan qiziqarli final bahslari musobaqaga o’zgacha ko’tarinki ruh bag’ishladi. Murosasiz janglar yakunida oltin va kumush medallarni qo’lga kiritgan sportchilar bilan tanishing:

Oltin medal sohiblari:

-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63.5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Kamron Turg‘unboyev
-71 kg: Havasbek Abdullayev
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-86 kg: Samandar Jalolov
-92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Kumush medal sohiblari:

-48 kg: Avazbek Yo‘ldoshev
-51 kg: Muhammadqodir Ma’mirjonov
-54 kg: Foziljon Abdumurodov
-57 kg: Xudoynazar Fayzov
-60 kg: Asadbek Rajabov
-63.5 kg: Mujbillo Tursunov
-67 kg: Shavkatjon Boltayev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Abdurahim Jo‘rayev

An’anaga muvofiq, chempionat yakunida eng yaxshi hakam va bokschilar aniqlab olindi. Unga ko’ra, Osiyo o’yinlari sovrindori To’rabek Habibullayev “Eng yaxshi erkak bokschi”, Farzona Fozilova “Eng yaxshi ayol bokschi”, Bourjan Jo’ldashev esa “Eng yaxshi hakam” deb topildi. G’olib va sovrindorlarni Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo’mitasi va O’zbekiston boks federatsiyasi rahbariyati taqdirladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga