Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Polshada oʻtkazilayotgan Jahon kubogida ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik. Ayni paytga kelib, musobaqa hal qiluvchi jarayonga keldi.
Bugun terma jamoamizning 5 nafar aʼzosi ringga koʻtariladi. Yurtdoshlarimizdan Javohir Ummataliyev va Akmal Isroilov yarim final jangini oʻtkazsa, yana 3 bokschimiz chorak final doirasida bahs olib boradi. Juftliklar bilan tanishing:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Kori Jons (Uels)
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev - Osanou Xansen (Germaniya)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kau Belini (Braziliya)
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Uilyam Cholov (Bolgariya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Samet Ersoy (Turkiya)
Alpha version: 0.9.1.19 build 51417 | Инструменты