Huawei 1
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

2025-yil 13-may kuni Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi elchisi Batbaatar Daadanxuu va ushbu davlatning “Hunnu Air” aviakompaniyasi bosh direktori Monxjargal Purevjal bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini oshirish, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xususiy tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Davlatimiz Rahbari tomonidan Mo‘g‘uliston bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, turizm sohasida aloqalarni mustahkamlash borasida belgilab berilgan topshiriq va vazifalarni bajarish choralariga alohida to‘xtab o‘tildi.

Mo‘g‘uliston tomoni, o‘z navbatida, O‘zbekiston hukumati ushbu sohada olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baho berib, turizm infratuzilmasini rivojlanishi tajribasi, hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Tomonlar, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish hamda sayyohlar oqimini keskin oshirish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida urg‘u berdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51422 | Инструменты