Huawei 1
Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Yengil atletika federatsiyasi raisi bo‘ldi

Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov 17-fevral kuni Yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, shu munosabat bilan tashkil qilingan yig‘ilishda federatsiya raisining o‘rinbosarlari va bosh kotibi ham saylandi. Tashkilotning yangi tahrirdagi ustavi qabul qilindi.

Yengil atletika sport turlarida erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanmasdan, respublikada uni yanada ommalashtirish hamda bu borada mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish istiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Vazir Sherzod Xidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga rais bo'lgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31522 | Инструменты