8-10-may kunlari Xitoyning Nanchang shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.
Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 3 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi. Shohsupaga koʻtarilgan hamyurtlarimiz va ularning dasturlari:
Kumush medal:
С2 1000 metr: Muhammadali Mirismanov, Diyorbek Mamatqulov
С1 500 metr: Muhammadali Mirismanov
K1 500 metr: Arina Tanatmisheva
Bronza medal:
С2 500 metr: Kamoliddin Rahmatullayev, Azimjon Sotiboldiyev
K1 1000 metr: Oleksandr Zarubin
С2x 500 metr (miks): Kamoliddin Rahmatullayev, Zarina Rustamova.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51209 | Инструменты