Bahromjon Gaziyev Yevrosiyo ot sporti assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi
Yevrosiyo ot sporti assotsiatsiyasi 2020-yil 13-noyabrda Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) Bosh assambleyasi doirasida boʻlib oʻtgan III mintaqaviy guruhi yigʻilishidan soʻng tashkil etilgan.
Rossiya ot sporti federatsiyasi prezidenti lavozimini egallagan Marina Sechina Yevrosiyo ot sporti uyushmasi prezidenti etib saylangan. Hozirda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Bahromjon Gaziyev assotsiatsiya vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo mintaqaviy guruhi rahbari etib saylandi.
Bahromjon Gaziyev ushbu lavozimga saylanar ekan, quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:
“Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Rossiyada Millatlar kubogining bir necha bosqichlarini oʻtkazish Yevrosiyo ot sporti uyushmasining 2021-yilgi rejalari qatoriga kiradi. Final bosqichiga FEI tasnifi boʻyicha 4* toifasi berilgan va u avgust oyining boshida «Ivanovskoye” ot sporti klubida boʻlib oʻtadi. Ushbu toʻrtta musobaqa natijalariga koʻra, III mintaqaviy guruh mamlakatlari jamoalari oktyabr oyining boshlarida Barselonada boʻlib oʻtadigan Millatlar kubogi jahon miqyosdagi finaliga yoʻllanma uchun kurashadilar. Xalqaro ot sporti federatsiyasi ushbu musobaqaga katta ahamiyat qaratmoqda. Uning sovrin jamgʻarmasi minimal boʻladi, ammo gʻoliblar xalqaro reytingdagi ochkolar soni eʼlon qilingan 3 yoki 4 * darajalariga muvofiq taqdirlanadi.
Shuningdek, biz 2023-yilgi Yevrosiyo chempionati mintaqamiz uchun Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga va yoshlar chempionati oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlariga saralash musobaqasiga aylanishi yoʻlida barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiramiz”.
Alpha version: 0.9.1.19 build 73002 | Инструменты