Joriy yilning 14–15-iyun kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida har yili an’anaga aylanib borayotgan “Zaamin Ultra” xalqaro yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Mazkur marafonda dunyoning 19 davlatidan (Rossiya, Belorussiya, Yaponiya, Xitoy, Fransiya, AQSH) 3000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Musobaqa doirasida 50 km, 21 km, 10 km va 5 km masofalarga yugurish belgilandi.
Barcha ishtirokchilar marafonda faol va muvaffaqiyatli qatnashib, belgilangan masofalarni bosib o‘tdilar. Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandi.
“Zaamin Ultra” marafoni sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, Zominning tabiiy go‘zalligini va turizm salohiyatini xalqaro miqyosda keng tanitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61719 | Инструменты