Yo'nalishsiz taksilarga yo'lovchi tashishda ham muayyan talablar qo'yiladi
Viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish bo'yicha belgilangan cheklovlar dehqon va fermer xo'jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini (meva-sabzavot, poliz, ko'kat mahsulotlari va b.q.) joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi.
Bunda dehqon va fermer xo'jaliklarining avtotransport vositalari bozorlar, yarmarkalar va savdo nuqtalariga kiritishdan oldin dezinfeksiya qilinadi.
- Yo'lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o'rindig'i yo'lovchilar o'rindig'idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to'silgan bo'lishi kerak;
- Haydovchi va yo'lovchi tibbiy niqobda bo'lishi (tibbiy niqobsiz yo'lovchini tashish taqiqlanadi) lozim;
- Faqatgina ikki nafar yo'lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o'rindig'iga o'tkazilishi kerak;
- Faqatgina avtotransport vositasi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishi shart.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo'mitasi O'zbekiston musulmonlari idorasi va boshqa diniy konfessiyalarning takliflarini inobatga olgan holda respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 10-iyuldan 1 avgustga qadar diniy tashkilotlar faoliyati to'xtatilmoqda.
Karantin talablariga zid ravishda ko'chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo'lib yurish, shuningdek, niqobsiz yurish holatlari belgilangan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60909 | Инструменты