Huawei 1
Yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 45 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2025-yilning yanvar-may oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 45 496 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

- 40 903 tasi xarid cheki bermaslik;

- 1 559 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

- 113 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

- 2 921 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 21 510 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 18 140 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 20 358 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 14,5 mlrd soʻm mukofot to‘langan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61821 | Инструменты