Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Yangi yil bayram tadbirlari 2022-yilning 25-dekabridan 2023-yilning 10-yanvariga qadar davom etadi.
Tadbirlar madaniyat va istirohat bog‘larida hamda markaziy maydonlarda o‘tkaziladi.
Avvalroq, 19-dekabr kuni Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan, ota-onalari vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun "Prezident sovg‘asi" qadoqlanib, hududlarga jo‘natilgani haqida xabar qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60114 | Инструменты