Huawei 2
Yakkabog‘da YPX mashinasi avariyaga uchradi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Lacetti va Nexia o‘zaro to‘qnashib ketgan. Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan prokuratura tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Hodisa natijasida hech kimga tan jarohati yetkazilmagan.

Hodisa yuzasidan sudga oid avtotexnika hamda baholash ekspertizalari tayinlangan. Hozirda tekshirish davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga