Huawei 2
Xonanda Lola Yuldasheva klipining yopiq taqdimoti. "Sog'inch"

2024-yilning 17-aprel kuni o‘zbek shou-biznesining yorqin yulduzi  Lola Yuldasheva o’zining “Sog‘inch” deb nomlangan qo’shig’iga ishlangan video klipini taqdim etdi. 

Ushbu musiqiy asar xonandaning 2024-yil sentabr oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan yakkaxon konsertida kuylanadigan qo’shiqlar ro’yxatiga kiritilgan.

Betakror Lola “Sog‘inch” nomli ajoyib klipi bilan yana o‘z muxlislari mehrini qozondi. Har bir yangi asarining  namoyishi - uning san'atdagi o'zi uchun belgilab olgan aniq cho'qqisidir. Ushbu kutilmagan sovg’a musiqa olamiga nafaqat barcha uchun sevimli qoshiqning yangi ijrosini taqdim etadi, balki bizni yorqin muhabbatning ta’sirli hikoyasi bilan tanishtiradi. 

Klip ustida “Khabi media company” jamoasi ishladi. Videoklip rasmiy hamkorlar – 7 Saber va Tashkent City Mall ko‘magida suratga olindi.

Xonandaning o'zi yangi klipini taqdim etganidan juda xursand ekanligini ta'kidladi. "Bu qo'shiq men uchun juda katta ahamiyatga ega, uni barcha muxlislarim yaxshi ko'rishadi va umid qilamanki, qo'shiqning yangi talqini  muxlislarim yuragiga yetib boradi". 

Bundan tashqari, Lola Yuldasheva yig‘ilganlarning barchasiga eslatib o‘tdi: “Bu video asar aynan biz topmoqchi bo‘lgan va qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan narsa: sevgi va tanlash erkinligi haqida. O'tmishdagi xatolardan butun umr afsuslanmaslik uchun ba'zan shoshilinch xulosalar chiqarishning hojati yo'q."

Xonandaning 27, 28, 29-sentabr kunlari Xalqlar do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tadigan uzoq kutilgan yakkaxon konsert dasturida “Sog‘inch” qo‘shig‘ining yangi talqini ijro etiladi. 

Uzoq tanaffusdan so‘ng, o‘zbek shou-biznesi vakilasi  barcha muxlislarga afsonaviy xitlarning ijrosi va betakror obrazlari bilan ajoyib texnologik shou taqdim etish uchun yana sahnaga chiqishga tayyor!

Konsertga chiptalarni faqat PayMe ilovasi orqali sotib olish mumkin. O’zbek shou biznesi tarixida eng yorqin voqea sifatida qoladigan mazkur tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga