Huawei 1
Xalqaro terroristik tashkilot safiga qo‘shilishga hayrihox bo‘lgan fuqaro jazoga tortildi

Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs 2021-yilda "Telegram" messenjerida kanal yaratib, unga aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni joylab, kanalning 9 nafar obunachisiga tarqatadi. Bundan tashqari u "Instagram" ijtimoiy tarmog‘ida xozirgi kunda Suriya davlatida faoliyat olib borayotgan "Tavxid va jihod katibasi" xalqaro terroristik tashkilotining instruktur va media targ‘ibotchisi  bilan bog‘lanib, uning da’vatlari ta’siriga tushadi.  So‘ngra, Suriya davlatiga jihod qilish uchun nima qilish kerakligi to‘g‘risida o‘zaro audio va xabar orqali yozishmalar olib borib, XTT safiga qo‘shilishga hayrixohlik bildiradi.

O‘z navbatida ushbu shaxs yaqin tanishlari va o‘zining sinfdoshlari orasida "jamoat" shakllantirib, ularni Suriya hududiga "hijrat" qilib, terrorchi guruhlar qatoriga qo‘shilishga da’vat qiladi.

DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida uning noqonuniy harakatlari to‘xtatib qolinib, huquqiy baho berildi.

Natijada, jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning244 prim 1-moddasi 3-qismi "g" bandi, 244 prim 2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6-yil muddatga ozodli

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80414 | Инструменты