“Uyda davolanayotgan bemorlar uchun dori qutisi ichida mavjud bo'lishi kerak bo'lgan dorilar ro'yxati tasdiqlandi”
Bugun AOKA zalida koronavirus infeksiyasi bilan bog'liq vaziyat yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Habibullo Oqilov — Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi quyidagilarni ma'lum qildi.
- Zangiota tumanida ixtisoslashgan infeksion klinikasida ko'ykalar soni 3000 taga yetadigan bo'ldi.
- UZEXPO markazida ochilgan diagnostika taqsimlash klinikasida jami 2000 dan ortiq ko'ykali bo'limlar ochildi.
- Shu bugunga qadar COVID-19ni davolashga moslashtirilgan klinikalar yana eski ixtisosligiga o'tadi.
- Uyda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar uchun dori qutisi ichidagi mavjud bo'lishi kerak bo'lgan dorilar ro'yxati tasdiqlandi. Unda Gidroksixloroxin, Azitromitsín, C va D vitaminlari, sink va Oksalin mazi bo'lishi shart. Bugundan boshlab ushbu dori qutilari taqsimlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80212 | Инструменты