Toshkent shahrining Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Beruniy ko‘chasidagi issiqlik tarmoqlarida avariyaviy taʼmirlash ishlari olib borilishi va tegishli jihozlarni almashtirish zarurati tufayli bugun, 16-dekabr kuni quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:
— Shayxontohur tumani:Huvaydo, Aloqa, S-27, S-28 dahalari, Niyozov, Bog‘ko‘cha va Abror Hidoyatov ko‘chalari.
— Olmazor tumani: Vuzgorodok, B-1, B-3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Beruniy ko‘chasi.
"Issiq suv va issiqlik taʼminoti avariyaviy taʼmirlash ishlari tugallanishi bilan (taxminan bugun soat 19.00 gacha) tiklanadi", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50208 | Инструменты