Navoiy viloyati hududida sanitariya epidemiologik hamda yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish borasida keng qamrovli nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Xuddi shunday tadbirlarning birida viloyat IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini tashkil etish guruhi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotini sotmoqchi boʻlgan fuqaro aniqlandi.
Buxorodan Toshkentga qarab yoʻlga chiqqan 20 yoshli haydovchining safari “Samarqand” YPX maskanida yakunlandi. Isteʼmol mahsulotlarini tashish qoidalariga zid holda saqlab kelinayotgan 3 tonna tovuq goʻshti tekshirish uchun labaratoriyaga joʻnatildi. Tekshiruvlar natijasiga koʻra mahsulotlar isteʼmolga yaroqsiz deb topildi.
Qoidabuzarga qonuniy tartibda javobgarlik belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120414 | Инструменты