Huawei 1
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo'lovchilarga ko'rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va aholining transportga bo'lgan talabini inobatga olgan holda, 2025-yil 1-iyul kunidan boshlab "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi "Toshavtobustrans" MCHJ tomonidan 1226-sonli "Mashinasozlar metrosi (Toshkent) - Chorbog' (Humson qo'rg'oni)" avtobus yo'nalishida xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar berdi.

Yo'nalishga "MAN RR3" rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Ushbu avtobuslar  47 ta o'rindiqli, shinam va konditsionerlar bilan jihozlangan. Yo'nalishda yo'l kira narhi 25000 so'mni tashkil etadi. Birinchi qatnov Mashinasozlar metrosi bekatidan har kuni soat 6:00 da boshlanadi. Qanovlar har 1,5 soatda amalga oshiriladi. Qatnov vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So'nggi qatnov soat 20:30 da Chorbog' tomondan amalga oshiriladi va soat 22:00 da Mashinasozlar metrosida tugatiladi.

Yo'nalishdagi avtobuslar o'z harakatini Mashinasozlar metrosidan boshlab, Maxtumquli ko'chasi, Yangi O'zbekiston bog'i, Xojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Humson qo'rg'onigacha harakatlanadi.

Yo'nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to'lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentdan Issiqko‘lga avtobus qatnovlari boshlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63019 | Инструменты