Huawei 1
Toshkentda yangi qurilayotgan turar joyda ishchini tuproq bosib qoldi

24-may kuni soat 17:05 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” mahallasi hududida bir nafar fuqaroni yangi qurilayotgan turar joy majmuasi chuqurida payvandlash ishlarini olib borayotgan vaqtida tuproq bosib qolganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.  

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. 

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko'rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты