Huawei 2
Toshkentda o‘quvchilarning qo‘liga igna va "samorez" sanchib jazolagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi

Avvalroq, Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani haqida xabar bergan edik. 

Tergovga qadar tekshiruv natijasida 2016-yilda tug‘ilgan Y.M. va Sh.U. larning qo‘llarini kaft qismini ustki qismiga burama mix (samorez)ni bir necha marta tiqib kelib, o‘quvchilarni qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazganligi aniqlangan.

18-aprel kuni Sergeli tumani IIO TB tomonidan S.R. ga (2002-yilda tug‘ilgan) nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov doirasida qo‘liga igna sanchilganligi aytilgan 1-sinf o‘quvchilariga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga