Huawei 2
Pensiyaning eng kam miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi

Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"  2024-yil 30-aprel kuni PF–69-son Farmoni  qabul qilindi.  

Farmonga ko‘ra, 2024-yilning 1-mayidan boshlab minimal iste’mol xarajatlari 648 ming so‘m miqdorda belgilanganligi sababli quyidagi pensiyalarning miqdori oshirildi:

ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m;

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m etib belgilandi.

Buning natijasida  751 ming nafar  yoshga doir  va 110 ming nafar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oluvchi fuqarolarning pensiyalari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkaziladi.  

Pensiyalarni oshirish uchun Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 180 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi miqdorda pensiya oluvchilarga pensiyalar joriy yilning may oyidan yangi miqdorda to‘lanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga