Toshkentda 41 yoshli Tojikiston fuqarosi ikki yil davomida qizaloqni muntazam kaltaklab kelgani va 118 mln so‘m o‘g‘irlagani uchun qamaldi.
U savdo bilan shug‘ullanuvchi oilada enagalik qilgan va har kuni pul sanashda foyda ko‘tarib yurgan. Uy egasi yashirin kamera o‘rnatib, ayolning qilmishlarini tasdiqlagan.
Sudda u qizaloqni asabiga teggani uchun urganini, o‘g‘irlangan pul miqdori esa 8 mln so‘m atrofida bo‘lganini aytgan. Ekspertiza ham qizaloqda turli tan jarohatlarini aniqlagan.
Sud hukmiga ko‘ra, ayol 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi va jabrlanuvchi foydasiga zarar undiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43006 | Инструменты