“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida yo‘lovchi va bagaj tashish xizmatlarini (taksi xizmati) tashkil etish huquqini beruvchi bir nechta lotlarni elektron auksionga qo‘ydi.
Xizmatlarni tashkil etish huquqini olish uchun ariza beruvchi ijarachilarga, shuningdek, taksi xizmatlarini ko‘rsatish texnologiyasiga texnik shartlarda belgilangan muayyan talablar mavjud. Ularni E-auksion veb-saytida "Lot hujjatlari" bo‘limidan olishingiz mumkin. Barcha ishtirokchilar belgilangan talablarga qat’iy rioya qilishlari shart.
Jami, har bir nuqtaning maydoni 3 kv.m bo‘lgan, beshta xizmat nuqtasi ochish rejalashtirilgan. Kv.m. uchun ijaraning boshlang‘ich qiymati 1 000 000 so‘m (QQSsiz) etib belgilanadi.
"Biz poytaxt aholisi va mehmonlari transport tanlashda qiyinchiliklarga duch kelmasliklari uchun shaffof va qulay taksi tizimini yaratishga intilamiz. Yangi taksi operatorlari jarayonni soddalashtirishga, noqonuniy tashishlarni minimallashtirishga va yo‘lovchilarga yagona qoidalar bo‘yicha yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni kafolatlashga yordam beradi. Bu nafaqat mijozlar uchun qulaylik sari qadam, balki aeroport va shahar ijobiy imijini yaratishda muhim omildir" - deya izoh berdi "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati.
Lotlar bo‘yicha batafsil ma’lumot E-auksion rasmiy veb-saytida mavjud. Yuqoridagi barcha auksionlar joriy yilning 3-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82701 | Инструменты