Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari jasadlari Toshkentga olib kelindi

Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yil 26-yanvar kuni ertalab HY-668 reysi bilan TIV, IIV va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Tomsk viloyati Asinovskiy tumani Prichulimskiy posyolkasida joylashgan yog‘ochli uy yonishi natijasida halok bo‘lgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarolari jasadlari Toshkent shahriga yetkazildi. Bu haqida O‘zbekiston TIV xabar qildi.

Qolgan ikki nafar marhum jasadlari DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuboriladi.

Bosh konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ishlagan “Greenwood” MChJ o‘rmon kesish kompaniyasi direktori huquqni himoya qilish idoralari tomonidan qo‘lgan olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32503 | Инструменты