Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan 1 mlrd so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi

DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va bojxona organlari xodimlari tomonidan Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” chegara bojxona posti orqali Tojikistonga chiqib ketayotgan “Lochin” rusumli mototransport vositasi tegishli tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rik chog‘ida uning tirkamasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirib qo‘yilgan va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, taxminiy qiymati 1 mlrd 50 mln so‘mni tashkil etuvchi “Immunoglobulin”, “Ferritin” kabi jami 21 nomdagi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvi tayinlanib, holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11213 | Инструменты