Huawei 1
Termizda Cobalt zovurga tushib ketdi

2-iyun kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, “Tinchlik” MFY hududidan oqib o‘tuvchi zovurga “Cobalt” rusumli avtomobil ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60507 | Инструменты