Huawei 1
Jamshid Qo‘chqorov: O‘zbekistonda may oyida QQS tushumlari hajmi keskin oshdi

3-iyun kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov budjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlari hajmi keskin oshganini ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, dushanba kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi may oyidagi budjet daromadlarini tahlil qilgan. Natijada, QQS bo‘yicha oylik tushumlar 5 trln so‘mdan oshgani ma’lum bo‘lgan.

Davlat budjeti daromadlarining joriy yilning birinchi choragidagi ijrosiga ko‘ra, QQS tushumlari uchdan bir qismga — 12,3 trln so‘mdan 16,4 trln so‘mga ko‘paygan.

“Birinchidan, bu Talimarjon IESni xususiy investorlarga sotish bo‘yicha shartnomaning ijrosi bilan bog‘liq, hujjat bo‘yicha investor tomonidan QQS to‘liq to‘langan. Ikkinchidan, hududlarimizda quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu sababli, bir qator hududlar, jumladan, Buxoro, Namangan, Samarqand va Qoraqalpog‘iston kabi hududlarda QQS bo‘yicha tushumlar ko‘paydi. Bu hali boshlanishi”, — dedi Qo‘chqorov.

Bosh vazir o‘rinbosari energiya tariflarini oshirishdan maqsad elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarini foydaga chiqarish ekanligini ta’kidladi. Quyosh, shamol va gaz elektr stansiyalarini o‘z mablag‘lariga qurgan xorijiy investorlar elektr energiyasini zarar ko‘rib sotishni xohlamaydi, deya tushuntirdi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60614 | Инструменты