Ta'tilga chiqqan kollej o'quvchilari qachon imtihonlarni topshirib, diplom olishadi? Amaliyot nima bo'ladi?
Ayni daqiqalarda AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i Abduvali Xoliqov ishtirokida brifing o'tkazilmoqda.
Brifing UZREPORT TV telekanali orqali jonli efirda ko'rsatilmoqda.
Savol: Ta'tilga chiqqan kollej o'quvchilari qachon imtixonlarni topshirib diplom olishadi? Amaliyot nima bo'ladi?
"Bugungi kunda umumta'lim maktablari, oliy ta'lim muassasalari, akademik litseylar kabi kasb-hunar kollejlari o'quvchilari ham ta'tilga chiqarilgan. Ta'til muddatining davomiyligidan kelib chiqish o'quv jarayoni grafiklari o'zgartirilishi mumkin.
Kasb-hunar kollejlari o'quvchilari ta'til vaqtini yakunlangandan so'ng ularga amaliyotni davom ettirish va tegishli imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish imkoniyati yaratiladi. Bunda muhim bir masalani aytish kerakki kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kelgusida oliy ta'lim muassasasida o'qishi uchun xujjatlarni topshirishga to'siqlar bo'lmaydi", - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i Abduvali Xoliqov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62113 | Инструменты