Huawei 1
Tadbirkorlarga markirovkalash qurilmalari xarajati uchun 2027-yilgacha soliq imtiyozlari beriladi

16-may kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek, tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar yig‘im turlari jumlasiga kiritildi.

Pivo va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli organ xabardor qilingani to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxs hamda YTTlar ushbu yig‘imlarning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

Shuningdek, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish faoliyati soliq organlarini xabardor qilgan holda amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi.

2027-yilgacha markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish xarajatlari summasiga hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq yoki YTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS summalarini kamaytirish huquqi beriladi.

Bu raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlar uchun taqdim etilib, bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan (1,5 mln so‘m) ko‘p bo‘lmagan miqdorda qo‘llaniladi.

Shuningdek, 2030-yilgacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. Bu parrandachilik mahsulotlarini sotmagan hamda yer uchastkalaridan belgilangan maqsadlarda foydalanmayotgan tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bundan tashqari, 2027-yilgacha Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

  • bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha — foyda solig‘ini;
  • ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha — mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘ini.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51917 | Инструменты