Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanadi

“Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, joriy yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanadi.

Har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb eʼlon qilinadi va bunda taʼlim tashkilotlari va mahallalarda temurshunos olimlar, yozuvchi va sanʼatkorlar ishtirokida uchrashuvlar uyushtiriladi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030 yilgacha mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi, jumladan:

- 9–10 aprel kunlari Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish;

- “Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matnini fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida chop etish;

- “Temuriylar davrining 100 nodir qo‘lyozmasi”, “Temuriylar davrining 100 nodir durdonasi” kitob-albomlarini yaratish;

- Temuriylar davri manbalari elektron platformasini yaratish.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20613 | Инструменты